avatar
Куч
261.07
Рейтинг
+100.35

Мақолалар

Yangi 2016 yil bilan barchani qutlaymiz.

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi kirib kelgan yangi yil bilan barcha yurtdoshlarimizni chin yurakdan tabriklaydi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarga ko‘rsatilayotgan mehr-e’tibor, bilim olishi, o‘qib-izlanishi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar ularni dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan avlod etib tarbiyalashda muhim omil bo‘layapti. Har yili Yangi yil arafasida “Prezident archasi” shodiyonalari saodatli, tinch-osoyishta kunlarimizga, osmonimiz musaffoligiyu, istiqlol ne’matlariga shukronalik tuyg‘ulari bilan uyg‘un bo‘ladi. Bolalar uchun beg‘ubor orzu-umidlar bayramiga aylangan ushbu tantanalar davomida Prezident sovg‘alari kichkintoylarning quvonchiga quvonch qo‘shadi. Bu yil ham O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sen yolg’iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida ushbu bayramni yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida bolajonlar uchun turli-tuman, ajoyib tuhfalar tayyorlandi.